Amaldagi hukumat rahbari Olaf Şols Bundestagga navbatdan taşqari saylovlarda Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan (GSDP) Germaniya federal kansleri lavozimiga nomzod böldi. Bu qaror partiya boşqaruvi yiğilişida keskin bahs-munozaralardan söng bir ovozdan qabul qilindi, deya xabar bermoqda Germaniya axborot agentliklari 25 noyabr, duşanba kuni yiğiliş iştirokçilariga tayanib.
Bu qaror Şolsning partiyadoşi, saylovçilar orasida ança yuqori reytingga ega bölgan Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ötgan hafta öz nomzodini ilgari surişdan boş tortganidan keyin qabul qilindi. 11 yanvar kuni bölib ötadigan partiya qurultoyida Şolsning nomzodi rasman tasdiqlanadi.
Germaniyada hukmron koalitsiya parçalanişi va erta saylovlar
6 noyabr kuni sotsial-demokrat Olaf Şols moliya vaziri, Erkin demokratik partiya (EDP) raisi Kristian Lindnerni işdan böşatişini ma’lum qildi. 7 noyabrga ötar keçasi EDPning deyarli barça vazirlari öz ixtiyori bilan iste’foga çiqişlarini ma’lum qildi. Şunday qilib, Germaniyada GSDP, EDP va yaşillardan iborat hukmron «svetofor koalitsiya» parçalandi.
Germaniyada 2025 yilning 23 fevralida yakunlari böyiça yangi hukumat tuzilişi kerak böladigan Bundestagga muddatidan oldin saylovlar ötkaziladi.

















