Xitoy mudofaa vaziri Dun Tszyun korrupsiyaga oid iş figurantiga aylandi, deb xabar beradi Financial Times öz manbalariga tayanib.

Mudofaa idorasining rahbari aynan nimada gumonlanayotgani hozirça noma’lum. Faqatgina uning işi Xitoy Xalq ozodlik armiyasidagi ança yirik korrupsiya tergoviga aloqador ekani aytilmoqda. XXRning Vaşingtondagi elçixonasi mazkur masala böyiça izoh berişdan boş tortgan.

Dun Tszyun 2023 yil dekabrda Xitoy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan edi, undan oldingi vazir Li Şanfu esa korrupsiya ayblovi sabab iste’foga çiqarilgandi.

Şuningdek, korrupsiya işi tufaliy Xitoyning Li Şanfudan oldingi mudofaa vaziri — Vey Fenxe lavozimdan ayrilgan edi. 2024 yil yozda Vey Fenxe va Li Şanfu Xitoy Kommunistik partiyasidan çiqarilgan va general unvonlaridan mahrum qilingan.

FT’ning qayd etişiça, Xitoy Qurolli kuçlari rahbariyatiga nisbatan korrupsiya tergovi Si Jinpinning obröziga putur yetkazişi va harbiylarning «2027 yilda Tayvanga hujum qiliş potensialini yaratiş» imkoniyatlarini şubha ostida olişi mumkin. Bunday hujum rejasi haqida avvalroq Markaziy razvedka boşqarmasi xabar bergandi, Xitoy hukumati bunday reja borligini rasman tasdiqlamagan.