Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi
Cheklov Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun YeOII va uchinchi davlatlardan bug‘doy importining taqiqlanishi bilan bog‘liq.
Qozog‘iston 2024 yil oxirigacha Rossiya g‘allasining O‘zbekiston va Xitoyga reeksportiga cheklovlar joriy qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri O‘ljas Bektenov ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.
Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOI) va uchinchi davlatlardan bug‘doy importiga ilgari o‘rnatilgan taqiq bilan bog‘liq.
«Avval Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun YeOII va uchinchi davlatlardan bug‘doy importini taqiqlagan edi, bu Rossiya g‘allasining O‘zbekiston va Xitoyga reeksport qilish hajmiga ham ta’sir ko‘rsatdi», deb aniqlik kiritdi Bektenov.
Bundan tashqari, bosh vazir 2024 yilda Qozog‘istonda YeOII mamlakatlari tovarlari tranziti uchun yagona tariflar oshirilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
07:19 / 04.11.2025
Bug‘doy yetishtirishda yetakchi mintaqalar va mamlakatlar - 2025
17:44 / 02.10.2025