Şavkat Mirziyoyev «Ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan işlaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga, Fuqarolik-protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksga, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga va Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga raqamli dalillar tuşunçasi, raqamli dalillarni töplaş, taqdim etiş, mustahkamlaş, közdan keçiriş, tekşiriş va baholaş, ularni saqlaş, qaytariş hamda yöq qiliş tartibini belgilovçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
«Notariat töğrisida»gi, «Hakamlik sudlari töğrisida»gi va «Sud ekspertizasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunlarida raqamli dalillarni guvohlantiriş va ularni tekşiriş tartibi nazarda tutilmoqda. Uşbu qonun fuqarolar va taşkilotlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi, deyiladi hujjat matnida.
Xususan, jinoyat işi doirasida guvoh, jabrlanuvçi, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi, sudlanuvçi va boşqa şaxslar elektron ma’lumotlarni uşbu ma’lumotlarning köçirma nusxasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud bölgan boşqa elektron jismga oliş orqali taqdim etişga haqli.
Tergovga qadar tekşiruvni amalga oşirayotgan organning mansabdor şaxsi, suriştiruvçi, tergovçi, prokuror yoki sud taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni mutaxassis iştirokida qabul qilib oladi hamda elektron ma’lumotlar mavjud bölgan birlamçi elektron jismlarni közdan keçiradi.
Iş uçun ahamiyatga ega bölmagan elektron ma’lumotlar mavjud bölgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi.
Iş uçun ahamiyatga ega bölgan holatlar töğrisidagi ma’lumotlar mavjud bölgan elektron ma’lumotlar, şu jumladan, elektron tarzdagi fayllar, audio, videoyozuvlar, internet tarmoğida saqlanayotgan ma’lumotlar, şuningdek, boşqa elektron ma’lumotlar raqamli dalillardir.
Raqamli dalildan köçirma nusxa olişga, başarti uning yaxlitligi va aynan öxşaşligi saqlansa, yöl qöyiladi. Raqamli dalildan köçirma nusxa olişga yöl qöyilişi özidan mazkur köçirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Guvoh, jabrlanuvçi, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi, sudlanuvçi va boşqa şaxslar raqamli dalillarning köçirma nusxalarini qoğozda çop etilgan şaklda taqdim etiş huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qoğozdagi şakli yozma dalil deb hisoblanişi mumkin emas.
















