O‘zbekiston | 09:10 / 27.11.2024
6453
1 daqiqa o‘qiladi

Uch yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. 

Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan R.B. O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Istanbuldagi bosh konsulxona qayd etishicha, 38 yoshli erkak Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIV yoxud hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid