Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mark Tsukerberg Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida uchrashdi
Meta vakiliga ko‘ra, Tsukerberg «kechki ovqat vaqtida prezident Tramp jamoasiga qo‘shilish taklifidan va uning a’zolari bilan uchrashish imkoniyati taqdim etilganidan minnatdor ekanini bildirgan».

Foto: AFP
Facebook asoschisi Mark Tsukerberg AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uning Mar-a-Lagodagi qarorgohida uchrashdi. Bu haqda Trampning maslahatchisi Stiven Millerga tayanib Fox News xabar berdi.
«Mark Tsukerberg ko‘rib turganimizdek, Donald Tramp boshchiligida butun Amerika, butun dunyoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tarafdori va ishtirokchisi bo‘lish niyatini juda aniq bildirib o‘tdi», — deydi Miller.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tsukerbergning «o‘z manfaatlari bor», ammo Trampning ikkinchi muddatini Facebook asoschisi «milliy yangilanish» imkoniyati sifatida ko‘rmoqda.
Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni Meta vakili CBS News’ga tasdiqlab, Tsukerberg «kechki ovqat vaqtida prezident Tramp jamoasiga qo‘shilish taklifidan va uning a’zolari bilan uchrashish imkoniyati taqdim etilganidan minnatdorligini bildirgan».
2021 yil 6 yanvar kuni Kapitoliyga bostirib kirilganidan keyin Facebook Trampni bloklab qo‘ygandi. Bunga u yozgan postlar zo‘ravonlikni targ‘ib qilgani aytilgan. 2023 yil boshida sobiq prezidentning Facebook va Instagramʼdagi akkauntlari qayta tiklangan, ammo ma’lum bir cheklovlar bilan. Iyulda Meta ushbu cheklovlarni olib tashlagan.
2024 yil avgustda Tramp o‘zining «Amerikani qutqarish» kitobida Tsukerberg bilan uchrashgani va 2020 yilgi saylovlarda unga qarshi «haqiqiy fitnani rejalashtirgani» haqida yozgan. Gap Tsukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan butun mamlakat bo‘ylab hukumat saylov komissiyalariga yordam berish uchun ikkita notijoriy tashkilotga 400 million dollar xayriya qilgani haqida ketmoqda. Ushbu kitobida Tramp Tsukerbergga yana bir bor shu ishni takrorlasa, u «umrining oxirigacha qamoqda o‘tirishi»ni va’da qilgan.
Saylovoldi kampaniyasi doirasida Tsukerberg biror-bir nomzodni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortib, saylovlarda qandaydir yo‘llar bilan ishtirok etishni «rejalashtirmayotganini» aytgandi.
Tavsiya etamiz
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 21:31 / 08.09.2025
Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston | 20:31 / 08.09.2025
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 20:27 / 08.09.2025
Iqlim o‘zgarishi jahonda go‘sht narxlarini oshirmoqda
Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyoning eng boy odamlari reytingida peshqadam o‘zgardi
Jahon | 22:19
-
Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasida elektron navbat ishga tushirildi
Jahon | 21:49
-
Yetib keldik! – Tramp Rossiya dronlari Polsha havo hududini buzgani haqida
Jahon | 21:44
-
Ish tashlash huquqi qonun bilan mustahkamlanadi
O‘zbekiston | 21:32
Mavzuga oid

22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi

18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

22:38 / 30.01.2025