1963 yil 22 noyabr kuni AQŞda misli körilmagan qotillik sodir etiladi. Mamlakat prezidenti Jon Kennedi omma oldida otib öldiriladi.

Qotillik kunduzi prezidentni köriş va olqişlaş uçun çiqqan odamlar köz öngida sodir etiladi. Hodisani öşa yerda bölgan köplab jurnalistlar tasvirga olişadi. Qotillik dunyo böylab katta şov-şuvlarga sabab böladi.

Öşa paytlarda Karib havzasida joylaşgan Kuba oroli tufayli sovet-Amerika munosabatlari juda taranglaşgan edi. Şu sababli Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) va Federal qidiruv byurosi (FQB) Kennedining ölimida KGB va Kubani ayblaydi.

Bir neça yil SSSRda yaşagan va hodisadan biroz avval AQŞga qaytgan amerikalik yigit Kennedini öldirişda ayblanib, hibsga olinadi.

Oradan ikki kun ötgaç gumondorni şahar qamoqxonasidan okrug qamoqxonasiga olib ketişayotganda fuqarolardan biri uni otib taşlaydi.

Hozirgaça köpçilik amerikaliklar MRB va FQBning rasmiy ma’lumotlariga işonmaydi. Ularning bunga asosi bor: Kennedining ölimi bilan boğliq tafsilotlar va hujjatlar oxirigaça oşkor qilinmagan.

Demokratlardan çiqqan xalq qahramoni

Jon Kennedi Demokratik partiya vakili bölgan va u media hamda omma e’tiboridagi odam edi. Hollivudça taşqi köriniş, Ikkinçi jahon uruşi qahramoni, meros qolgan katta pul, avtobiografik kitob uçun Pulitser mukofoti – bularning barçasiga ega bölgan Kennedi amerikaliklarning qalbini zabt etgandi.

1960 yilda ötkazilgan prezidentlik saylovida tajribali siyosatçi Respublikaçilar vakili Riçard Nikson ustidan kiçik farq bilan bölsa-da ğalaba qozoniş uçun 42 yoşli Kennediga şular yetarli böladi.

Öşanda FQB boş direktori Edgar Huver Niksonni qöllaş uçun saylovdan avval Kennedi haqida salbiy xabarlar tarqattiradi. Bu işlarning Niksonga nafi tegmaydi va Kennedi baribir ğalaba qozonadi.

Kennedi eng munozarali prezidentlardan biri sifatida Amerika tarixiga kirdi. U AQŞni boşqargan uç yildan kamroq vaqt içida bu davlat içki va taşqi siyosatda bir qator mojarolarga aralaşdi.

Uning davrida Kuba va Ğarbiy Berlin inqirozi sodir böldi. AQŞ Vetnam uruşiga köproq aralaşa boşladi. Içki siyosatda özgarişlar böldi va fuqarolar huquqlari liberallaştirildi. Natijada Amerikaning konservativ jamiyati qutblana boşladi.