Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidze 28 noyabr kuni mamlakat 2028 yil oxiriga qadar Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortishini e’lon qildi. Shundan keyin Tbilisi markazida bir necha ming kishi to‘plandi. Norozilik aksiyasi ishtirokchilari va politsiya o‘rtasida bir necha to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni kechqurun Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili ham Tbilisidagi Ozodlik maydoniga yig‘ilgan namoyishchilarga qo‘shildi. U «noqonuniy hukumat o‘z xalqiga urush e’lon qilgani»ni aytgan. Paper Kartuli telegram-kanali yozishicha, aksiyaga kelgan Zurabishvili maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilariga shunday degan: «Siz Rossiyaga xizmat qilasizmi yoki Gurjistonga? Kimga qasamyod qilgansan. Javob meni qiziqtiradi. Siz prezidentga javob qaytarmaysizmi? Sen kelajakni o‘ylamaysanmi? Mamlakatni ham, bolalarni ham?»

Norozilik aksiyasi tarqatilgan, politsiya namoyishchilarga qarshi suvpurkagich (vodomyot) va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan. Gurjiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, namoyish davomida 43 kishi qo‘lga olingan. Ular politsiya xodimlari talabiga bo‘ysunmaslik va mayda bezorilikda ayblanmoqda.

Gurjiston parlamenti atrofidagi namoyishchilar. 2024 yil 28 noyabr
Davit Kachkachishvili / Anadolu / Getty Images
Gurjiston parlamenti atrofidagi maydonda yig‘ilgan namoyishchilar. 2024 yil 28 noyabr
Davit Kachkachishvili / Anadolu / Getty Images
Gurjiston prezidenti  Salome Zurabishvili (o‘ngda) Tbilisidagi norozilik aksiyasida. 2024 yil 28 noyabr
Giorgi Arjevanidze / AFP / Scanpix / LETA
Gurjistonning Yevroittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilishiga javoban Tbilisida norozilik aksiyasiga chiqqan namoyishchilar. 2024 yil 29 noyabr
Zurab Tsersvadze / AP / Scanpix / LETA