AQŞning Rod-Aylend ştatida yaşovçi oila öz uyidan 1795 yilga tegişli kumuş dollar topib oldi. U uzoq vaqt eski poyabzal qutisida turgan. West Alabama Watchman sayti xabar berişiça, hozirgi qiymati 100 ming dollarga baholanayotgan tanga 15 dekabr kuni GreatCollections kimoşdi savdosiga qöyiladi.
Topilma AQŞ zarbxonasi tomonidan zarb etilgan dastlabki kumuş tangalardan biri bölib, mazkur zarbxona prezident Jorj Vaşington davrida öz faoliyatini boşlagan. Tanga AQŞning milliy valuta yaratiş böyiça dastlabki urinişlarini aks ettiradi. Bundan taşqari, aynan şu dollarda noyob kumuş qöşimça mavjud — u tanganing oğirligini standartlarga moslaştiriş uçun qöşilgan. Bu turdagi tangalardan atigi 100 ga yaqin nusxa saqlanib qolgan.
Ta’kidlanişiça, artefaktni topgan oila yaqin vaqtgaça uning tarixiy qiymatidan bexabar bölgan. Tanga minimal darajada yeylanganiga qarab, mutaxassislar uning 1790 yillar oxiri yoki 1800 yillar boşida muomaladan olib taşlanganini taxmin qilmoqda. Dollarga nufuzli PCGS AU58 va CAC sertifikatlari berildi. Ular tanganing yuqori sifatini tasdiqlab, kolleksionerlar orasida uning qiymatini oşiradi.
Avvalroq Avstriyada santexnik 30 kilogramm oğirlikdagi tilla tangalar yaşirilgan xazinani topib olgandi, ularning qiymati 2,5 million dollarga baholangan.
















