AQŞ Moliya vazirligi ular tomonidan inson huquqlari jiddiy tarzda buzilganini qayd etgan.
Sanksiyaga uçraganlar – Xorazm viloyati Adliya boşqarmasi sobiq boşliği Oybek Maşaripov, Yangiariq tumani FVV sobiq boşliği Anvar Kuryazov va mehribonlik uyi sobiq mudirasi Yulduz Xudoyberganova.
“Yulduz Xudayberganova, Anvar Kuryazov va Oybek Maşaripov davlat amaldori bölgan davrda bir neça bor jismoniy zöravonlik, jinsiy zöravonlik va yetim bolalarni sotişda iştirok etgan. Öşanda Xudayberganova davlat mehribonlik uyi direktori, Maşaripov Xorazm viloyati adliya boşqarmasi boşliği, Kuryazov tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği edi. Xudayberganova kamida 10 oy davomida kamida uç nafar voyaga etmagan qizni pul va tovarlar evaziga kamida 6 nafar erkak bilan jinsiy aloqa qilişga majburlagan. Xudayberganova qizlarning talablarga rioya qilişlarini ta’minlaş uçun turli xil majburlaş usullarini qöllagan: jismoniy kaltaklaş, tahdid qiliş, oçlik va tengdoşlaridan ajratib qöyiş şular jumlasidan. Maşaripov ham, Kuryazov ham etim bolalar uyiga bergan “sovğa”lari uçun kompensatsiya sifatida ular bilan jinsiy aloqada bölişni talab qilişgan. Kuryazov va Maşaripov yoş qizlarni ölja qiliş uçun bolalar uyiga bir neça bor taşrif buyurişgan”, – deyiladi AQŞ Moliya vazirligi axborotida.
Endilikda ularga nisbatan viza çeklovlari joriy etiladi, ularning AQŞda yoki AQŞ nazoratida mulklari yoki mulkiy manfaatlari bölsa, muzlatiladi, uşbu şaxslar 50 foiz yoki undan ortiğiga egalik qiluvçi kompaniyalar ham sanksiyaga tuşadi.
“Nomusga tegiş alomatlari topilmadi” — Xorazmlik amaldorlar ustidan hukmga izoh berildi
Xorazmdagi pedofil-amaldorlarning yana «boşi silandi». Ular manzil-koloniyaga yuborilgan













