Rossiyaning Özbekistondagi elçixonasi mamlakatga taşrif buyurayotgan rus OAV vakillarini qonunlarga rioya qilişga çaqirdi.

«Rossiya OAVning Özbekistondagi faoliyati davomida ba’zida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar sabab yana bir bor uşbu mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilişlari kerakligini eslatib ötamiz.

Xususan, Özbekiston hududida öz faoliyatini amalga oşirişni rejalaştirayotgan jurnalist va blogerlar mamlakatga safar qilişdan oldin Özbekiston Taşqi işlar vazirligidan tegişli akkreditatsiyadan ötişi kerak», — deyiladi elçixona xabarida.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik bloger va jurnalist Aleksey Pivovarov hamda uning suratga oliş guruhi Nukusda huquq-tartibot organlari tomonidan uşlab turilgani töğrisida xabarlar tarqalgandi. Rossiya elçixonasi holatga aniqlik kiritiş maqsadida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bilan boğlanganini ma’lum qilgan.

Özbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Qoraqalpoğiston böyiça hududiy boşqarmasi holat yuzasidan izoh bergan.

«Dastlabki tekşiruv natijasida xorijiy jurnalistlar faoliyati Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida oldindan akkreditatsiyadan ötmasdan amalga oşirilgani aniqlandi, bu amaldagi qonunçilikni buziş hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

Aleksey Pivovarov – taniqli telejurnalist, NTV va boşqa telekanallarda işlagan, sönggi yillarda possovet va uzoq xorij mamlakatlari haqida bir qator körsatuvlar e’lon qilgan «Redaksiya» YouTube kanali muallifi.