Janubiy Koreya vonasi kursi dollarga nisbatan 2,6 foizga pasayib, 1 dollar uçun 1442 vonani taşkil etdi, bu valutaning ikki yillik eng past körsatkiçidir.
Fond bozorlari mamlakatdagi siyosiy voqealarga salbiy reaksiya bildirdi. Kunning ikkinçi yarmida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol «Şimoliy Koreya tarafdori kuçlarni yöq qiliş va erkin konstitutsiyaviy tuzumni himoya qiliş» maqsadida harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi. Şu bilan birga, u öz qarorini içki siyosiy muammolar: muxolifatning mamlakatda tartibsizlik yaratiş niyati bilan izohladi.
Mamlakatdagi voqealar birjadan taşqari savdolarda ham birja indekslarining pasayişiga olib keldi, çunki Janubiy Koreyaning özida harbiy holat e’lon qilingan vaqtga kelib savdolar allaqaçon tugagan edi.
MSCI South Korea indeksi 4 foiz yöqotib, 52 haftalik eng past darajaga yetdi, Franklin FsE in South Korea indeksi esa 3 foiz pasaydi. Xorijdagi savdolarda Janubiy Koreyaning Hyundai Motor (–6%), LG Electronics (–3,5%) va POSCO (–5,9%) metallugiya kompaniyasi aksiyalari narxi pasayiş böyiça yetakçi böldi.


















