Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti harbiy holatni bekor qilishga va’da berdi
Prezident Yun Sok Yol mamlakatda joriy etilgan harbiy holatni hukumat yig‘ilishida bekor qilishini aytdi. Shuningdek, u parlamentni «mamlakat faoliyatini falaj qiladigan fitna qo‘zg‘atuvchi harakatlarni to‘xtatishga» chaqirdi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda joriy etilgan harbiy holatni hukumat yig‘ilishida bekor qilishini aytdi, deb xabar beradi Yonhap agentligi. Prezidentning aniqlik kiritishicha, safarbar etilgan qo‘shinlar o‘z harbiy qismlariga qaytariladi.
«Biz Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Milliy assambleya talabini qabul qilib, harbiy holatni bekor qilamiz. Hozir erta tong bo‘lgani bois, mahkama hali to‘planmagan, biz harbiy holatni imkon qadar tezroq bekor qilamiz», — deydi Janubiy Koreya prezidenti.
Yun Sok Yol o‘z bayonotida, shuningdek, parlamentni «mamlakat faoliyatini falaj qiladigan fitna qo‘zg‘atuvchi harakatlarni to‘xtatishga» chaqirdi. U gap deputatlarning o‘ziga nisbatan impichment e’lon qilmoqchiligi, bundan tashqari, budjetni qismqartirmoqchi ekani haqida ketayotganini ta’kidladi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etdi. Prezident muxolifat partiyalari mamlakatni inqirozga uchratishga urinayotgani uchun shunday choraga qo‘l urganini aytgan.
Muxolifatdagi Demokratik ishchi partiyasi rahbari Li Je Myon harbiy holat e’lon qilinishi konstitutsiyaga xilof ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, prezident a’zosi bo‘lgan Xalq hokimiyati partiyasi rahbari Xon Don Xun ham bu chorani «noto‘g‘ri» deb atab, uni bloklashga va’da berdi.
Janubiy Koreya Milliy assambleyasi (parlamenti) deputatlari mamlakatda harbiy holatni bekor qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilganidan keyin harbiylar binodan chiqib ketishni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, ayrim harbiylar hamon parlament binosi yaqinida navbatchilikni davom ettirmoqda
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026