3 dekabr kuni oqşomda prezident Yun Sok Yol televideniye orqali xalqqa murojaat bilan çiqib, mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. U uşbu qarorini konstitutsiyaviy tuzumni “kommunistik kuçlar” va Şimoliy Koreya tahdididan himoya qiliş zarurati bilan izohladi.
Nafaqat Şimoliy Koreya, balki içkaridagi “davlatga qarşi unsurlar”dan ham tahdidlar bor va ularni yöq qiliş kerak, dedi prezident öz murojaatida. Yun Sok Yol muxolifatni hukumatdagi eng asosiy amaldorlarga impiçment e’lon qilişga uriniş orqali davlat faoliyatini falajlab qöyişda aybladi. Uning sözlariga köra, yangi hukumat iş boşlaganidan beri Milliy Assambleya 22 nafar mansabdor, jumladan bir neça prokuror, içki işlar vaziri va mudofaa vaziriga impiçment e’lon qiliş bilan tahdid qilgan.
“Bu oçiq-oydin davlatga qarşi harakat bölib, erkin Koreya Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini buzadi, Konstitutsiya va qonunlar bilan örnatilgan davlat institutlarini yöq qiladi, oqibatda fuqarolar uruşi xavfi yuzaga keladi”, – dedi Yun Sok Yol.
“Milliy Assambleyamiz jinoiy guruhlar uyasiga aylanib, mamlakatning sud-ma’muriy tizimini falaj qilib qöyişga, qonunçilik diktaturasi orqali liberal demokratiya tizimini ağdarişga urinmoqda”, – dedi Koreya prezidenti.


Şu tariqa, parlamentga qarşi ayblovlar bilan e’lon qilingan harbiy holat mamlakatning sönggi 44 yillik tarixidagi birinçisi böldi. Yun Sok Yol armiya generali Pan An Suni harbiy komendant etib tayinladi va mamlakatda qator taqiqlar e’lon qilindi. Xususan, harbiy holat vaqtida har qanday siyosiy faoliyatni amalga oşiriş, siyosiy uyuşmalar, miting va namoyişlar ötkaziş taqiqlandi, Milliy Assambleya, mahalliy kengaşlar va siyosiy partiyalar faoliyati man etildi.
Köp ötmay poytaxt Seul köçalarida harbiy texnikalar paydo böldi, şahar osmonida vertolyotlar uça boşladi. Mamlakat mudofaa vazirligi asosiy qömondonlar iştirokida yiğiliş ötkazişini e’lon qildi, moliya vaziri ham markaziy bank va boşqa mas’ullar iştirokida favqulodda yiğiliş bölib ötişini e’lon qildi.
























