Çeçeniston yetkaçisi Ramzan Qodirov «töğridan-töğri efir» vaqtida amerikalik milliarder Ilon Mask unga Cybertruck’ni sovğa qilmaganini tan oldi.
Qodirov unga «Ilon Mask, uning xarakteri, hayot tarzi, özini qanday tutişi qiziq» ekanini ta’kidlagan. «Men u bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali hazillaşişni yaxşi köraman. Maşinani u menga sovğa qilmadi, maşina meniki emasdi — men şunçaki bu hazilni öylab topdim va tarqatdim», — deydi Ramzan Qodirov.
Çeçeniston yetakçisi «biron bir tarzda xafa qilgan bölsa» Maskdan keçirim söraşini aytgan. «Şunday davom et. Sening xaraktering, öz nuqtai nazaring bor, bizga bunday odamlar yoqadi», — deydi Qodirov.
17 avgust kuni Qodirov özining Telegram-kanalida tomga pulemyot örnatilgan Cybertruck’da Grozniy böylab harakatlanayotgani aks etgan videoni e’lon qilgandi. Qodirov yozganidek, u «elektromobilni hurmatli Ilon Maskdan olgan». Cybertruck «tez orada Şimoliy harbiy okrug zonasiga yuboriladi» va «askarlarimizga katta foyda keltiradi», degan Çeçeniston rahbari.
Keyinroq amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ramzan Qodirovga Cybertruck elektromobilini sovğa qilmaganini aytdi. «Siz haqiqatan ham rossiyalik generalga Cybertruck berdim, deb öylaysizmi? Ajoyib. Sen OAVning eskirgan yolğonlari yana bir misolisan», deb yozgandi Mask özining X ijtimoiy tarmoğida The New York Times jurnalisti Set Abramson postiga izoh berib.












