TBC Bank Salom Card kartasini chiqardi - u bilan yig‘ib ham, sarflab ham foyda ko‘rish mumkin
O‘zbekistonning birinchi raqamli banki — TBC Bank 18 yoshdan oshgan barcha TBC UZ ilovasi foydalanuvchilari uchun foydali shartlarga ega Salom Card plastik debet kartasini joriy etganini e’lon qildi. Karta Humo to‘lov tizimi negizida ishlaydi.
Salom Cardʼning asosiy afzalliklari kundalik xarajatlar qilish bilan bog‘liq bo‘lib, u bilan tejash hamda jamg‘arish juda oddiy. Eng muhim jihatlari bilan tanishamiz:
• Kartada 1000 so‘mdan ko‘p qolgan mablag‘ uchun yillik 12% daromad.
• Bank hamkorlaridan,jumladan Yandex.Eats, Bellissimo Pizza, The Mart, jamoat transport toifalari va taksi xizmatlaridan foydalanishda 5% keshbek.
• Istalgan bankomatlarda 10 mln so‘mgacha bepul naqd yechish. TBC Bank 100 ming so‘mgacha komissiyani kartaga bonus sifatida qaytaradi: 1 bonus = 1 so‘m).
• Hisobni TBC UZ ilovasi orqali komissiyasiz to‘ldirish. To‘lov terminallari orqali hisobni to‘ldirishda ham TBC Bank komissiyani kartaga bonus sifatida qaytaradi: 1 bonus = 1 so‘m.
• O‘zbekistonning istalgan banklariga TBC UZ ilovasida bepul pul o‘tkazmalari.
Bundan tashqari, TBC Bank uchun an’anaviy onlayn rasmiylashtirish, bepul chiqarish va Toshkentda to‘g‘ridan to‘g‘ri uyga yoki O‘zbekistonning istalgan hududidagi topshirish punktiga yetkazib berish xizmati mavjud.
Kartani ilovada buyurtma qilish mumkin — https://app.tbcbank.uz/SfqR/fkh6twl4?af_adset=Kun
TBC Bank — O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank va TBC Bank Group PLC’ning bir qismi hisoblanadi. Bankning barcha xizmatlaridan onlayn foydalanish mumkin: kartalarni rasmiylashtirishdan boshlab ma’lumotnomalar va kreditlar olishgacha. Bunday format tufayli TBC Bank 24/7 aloqada: dam olish kunlarisiz, navbatlarsiz va yo‘lga vaqt sarflamagan holda.
Reklama