Kursk oblasti rahbari özgargani haqida payşanba kuni keçqurun ma’lum böldi. Axborot agentliklari Vladimir Putin oblast boşqaruviga 50 yoşli Aleksandr Xinşteyn nomzodini taklif qilgani haqida xabar tarqatdi — u köp yillar Nijyegorod va Samara oblastlaridan Davlat dumasiga saylangan, axboriy siyosat böyiça qömitaga rahbarlik qilgan, 2016-2018 yillarda esa Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotovga maslahatçilik qilgan.
Xinşteyn bilan uçraşuvi videosida Putin uşbu deputatning Rosgvardiya piarçisi sifatida işlagan davrini alohida e’tirof etganini köriş mumkin.
«Şu tufayli sizga Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvçi lavozimini taklif etmoqçiman, çunki u yerda inqirozni boşqarişga zarurat yuzaga kelgan», — degan Putin.
Uning sözlariga köra, Kursk oblasti «ozod etilişi» barobarida region rahbari hozirda Ukraina qurolli kuçlari amaliyoti davom etayotgan hududda tiklaş işlarini olib borişi, şuningdek, mahalliy aholiga yordam körsatiş işlarini taşkil qilişi kerak böladi.
Xinşteyn regionni 200 kundan köproq vaqt davomida boşqargan Aleksey Smirnov örnini egalladi. U bu lavozimga 2024 yil mayida «v.b» sifatida tayinlangandi. Sentyabr oyida esa Smirnov region gubernatorligi uçun saylovda ğolib çiqqandi. 6 avgust kuni Ukraina qurolli kuçlari Kursk oblastiga bostirib kirib, bir neça rayonda mustahkam örnaşib olgani, şu tufayli 120 ming kişini evakuatsiya qilişga töğri kelganiga qaramay, oblastda saylov ötkazilgandi.
Xinşteynni tayinlaş töğrisidagi farmonda undan oldingi rahbar Aleksey Smirnov «öz xohişiga köra» iste’foga çiqqani körsatilgan.
Gubernator Smirnov nima bilan yodda qoldi?

Smirnov «rahbariyat qarori» bilan boşqa işga ötayotganini ma’lum qildi, holbuki Putinning Xinşteynni tayinlaş böyiça farmonida Smirnovning özi iste’fo söragani körsatilgan. Smirnov qaysi lavozimga ötkazilgani böyiça hozirça ma’lumot yöq.
Smirnovning Kursk oblastidagi qisqa faoliyati bir neça mojaro bilan ajralib turdi. Xususan, Ukraina bilan çegara böylab örnatilgan istehkomlar katta mablağ sarflanganiga qaramay, ukrain armiyasi yurişini töxtatişga yaroqli emasligi ma’lum böldi. Şuningdek, mahalliy rasmiylar Ukraina qurolli kuçlari bosqinidan keyin regionning çegaradoş hududlaridan aholini zudlik bilan evakuatsiya qilişni taşkil eta olmagan.


















