Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy devoni rahbari Andrey Yermak va AQŞ yetakçisining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jyeyk Sallivan Vaşingtonda Kiyevning Rossiya Federatsiyasi bilan uruşdagi pozitsiyasini mustahkamlaş va uning kelajakdagi har qanday muzokaralarga kuçli pozitsiyadan kirişişini ta’minlaş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda 5 dekabr, payşanba kuni Oq uy vakiliga tayanib, Reuters xabar berdi.

Tramp jamoasi bilan uçraşuvlar

Yermak boşçiligidagi Ukraina delegatsiyasi AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi lavozimiga nomzod Mayk Uolts hamda Rossiya va Ukraina böyiça maxsus elçi lavozimiga nomzod Kit Kellog bilan ham uçraşdi.

The Wall Street Journal (WSJ) xabariga köra, Yermak vitse-prezident etib saylangan Jyeyms Devid Vens bilan, Floridada esa Tramp davrida Oq uy xodimlarini boşqaradigan Syuzi Uaylz bilan suhbatlaşgan.

WSJ manbalariga köra, Yermak Vaşingtonga Tramp yordamçilari bilan munosabatlarni yaxşilaş maqsadida taşrif buyurmoqda. WSJ yozganidek, Ukraina «tinçlikka tayyorligini bildirişni rejalaştirmoqda». «Ammo bu barqaror tinçlik bölişi kerak, beqaror, vaqtinçalik tinçlik AQŞ yoki Ukraina manfaatlariga mos kelmaydi», dedi Kiyevning rejalari bilan taniş bölgan naşr suhbatdoşi.