Rossiyaning eng yirik aviataşuvçisi — «Aeroflot» kompaniyasi «Volga-Dnepr» guruhidan beşta Boeing 737-800BCF yuk taşuvçi samolyotini sotib olişni rejalaştirmoqda. Kompaniya ğarb tomonidan joriy etilgan sanksiyalar tufayli butlovçi qismlar kirib kelmayotgani bois uşbu samolotlarning ehtiyot qismlaridan foydalanişni reja qilgan. 

Manbalarning sözlariga köra, gap 21-22 yillik bortlar haqida ketmoqda — ularning har biri 1,4 milliard rubldan 1,9 milliard rublgaça turadi. Samolyotlardan foydalaniş huquqi «Volga-Denpr» guruhi tarkibiga kiruvçi «Atran» tuzilmasiga tegişli. «Aeroflot» bortlarga egalik qiluvçi Irlandiyaning AerCap kompaniyasi bilan suğurta bitimi böyiça kelişuvga erişiş niyatida.

Şu bilan birga, «Aeroflot» samolyotlarni özining şu’basiga — «Pobeda» loukosteriga bermoqçi. Manbalarning ta’kidlaşiça, sanksiyalar şaroitida yuk samolyotlarini yölovçi taşuvçi havo kemasiga aylantiriş juda qiyin va özini oqlamaydigan darajada qimmat. Şu sababdan «Aeroflot» ularning dvigatellari, şassi ustunlari, avionika va boşqa ehtiyot qismlarini yeçib oladi.

Rossiya aviabozori uçun bunday bitim birinçi bölişi mumkin. 2023 yilda «Atran» havo kemalariga S7 aviakompaniyasi ham qiziqiş bildirgan edi. Ammo tomonlar yakuniy kelişuvga erişa olmagan.

Ukrainaga qarşi uruş boşlangunga qadar Rossiya kompaniyalari ixtiyorida 1031 ta samolyot bor edi. Flotning qariyb uçdan ikki qismini Boeing va Airbus samolyotlari taşkil etgan. AQŞ va Yevropa Ittifoqi uruş sabab RFdagi uşbu samolyotlarga xizmat körsatişni taqiqlab qöygan.

Rossiya kompaniyalari, şuningdek, yangi laynerlarni sotib ololmaydi. 2023 yilda RF hukumati maxfiy qaror bilan aviakompaniyalarga bir samolyotdagi soz ehtiyot qismni boşqasiga örnatişga ruxsat bergan.