9 mingdan ortiq ilmiy iş ma’lumotlari tahlil qilingaç, tadqiqotçilar katta yoşdagi individlar turni saqlab qolişda hal qiluvçi rol öynaşini aniqladi. Tadqiqot natijalari Science jurnalida çop etildi.

Keksa hayvonlar butun populyatsiyaga atrof-muhitdagi özgarişlarga moslaşiş, oziq-ovqat topiş va yirtqiçlardan qoçişda yordam beradigan bilimlarni töplaydi. Masalan, katta urğoçi fillar kiçkinalarga döstlarni duşmanlardan farqlaşni örgatadi. Qari kosatkalar yoş kosatkalarga qaraganda lososni samaraliroq ovlaydi. Bunday “ustoz”larning qirilişi populyatsiya uçun fojiali oqibatlarga olib kelişi mumkin.

“Okeandagi baliqni tasavvur qiling. Uning ov qiliş yoki köpayişga mos joyni topiş imkoniyati deyarli nolga teng. Şuning uçun ham avloddan avlodga ötib kelayotgan samarali usullarga amal qiliş nihoyatda muhim”, — dedi Sidneydagi Makkuori universiteti biologi Kulum Braun.

Çarlz Darvin universiteti (Avstraliya) ekologi Keller Kopf ham katta yoşdagi individlar öz tajribalarini yangi avlodlarga uzatişini ta’kidladi. Köplab hayvonlar kundalik hayotda ajdodlari işlab çiqqan strategiyalardan foydalanadi. Bu xoh köpayiş uçun joy tanlaş, xoh ozuqa qidiriş bölişi mumkin.

Bundan taşqari, aksariyat populyatsiyalarda “buvi” fenomeni bor — köpayiş davri tugagandan söng, keksa hayvonlar yoş avlodni tarbiyalaşda yordam beradi. Biroq aynan qari jonivorlar köpinça ovçilarning öljasiga aylanadi. Ularning halok bölişi esa butun boşli populyatsiyani yaşab qoliş uçun zarur bölgan tajribadan mahrum qiladi. Kopf va uning hamkasblari keksa hayvonlarni qonunçilik darajasida himoya qilişga çaqirmoqda. Xususan, qari fillarni tişi uçun ovlaşni taqiqlaş taklif etilmoqda.