«Mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarni yanada jadal rivojlantirişga bölgan samimiy intilişni qadrlaymiz. Darhaqiqat, ham ikki tomonlama, ham köp tomonlama, ayniqsa, iqtisodiy sohada samarali hamkorlik qiliş uçun köplab imkoniyatlarni körmoqdamiz. Janob elçiga yurtimizdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz», — deb yozadi vazir.
Şuningdek, TIV rahbari bugun, 9 dekabr kuni Yangi Zelandiyaning Özbekistondagi elçisi etib tayinlangan Mark Julian Treynorni qabul qildi.
Qayd etilişiça, muloqot davomida barqaror qişloq xöjaligi, sanoatni rivojlantiriş, «yaşil» iqtisodiyot, tadbirkorlar örtasidagi hamkorlik va boşqa istiqbolli yönalişlarga e’tibor qaratilgan.
Ma’lumot uçun, Özbekiston va Yangi Zelandiya örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 11 martda örnatilgan. 2019 yil 1 fevraldan boşlab Özbekiston Yangi Zelandiya fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi.
Bundan taşqari, Baxtiyor Saidov Taşqi işlar vazirligida Venesuelaning Özbekistondagi elçisi Rosalba Lo Bue Antiko xonim bilan ham uçraşdi.
«Geografik joylaşuv jihatdan uzoq masofaga qaramay mamlakatlarimizni bir-biriga yaqinlaştiriş uçun aloqalarni boğlaşga qaratilgan köpriklar barpo etişga kelişib oldik», — deya ta’kidlaydi TIV rahbari.
Qayd etilişiça, uçraşuvda yangi qöşma loyihalar işlab çiqiş va amalga oşiriş, parlamentlararo hamkorlikka kömaklaşiş, bilim almaşinuvini qöllab-quvvatlaş va boşqa masalalar yuzasidan batafsil fikr almaşilgan.

















