Qiş kelişi bilan metan-şoxobçalar iş vaqti yana çeklandi, navbatlar kilometrlarga çözilmoqda. Şunday şaroitda, Kun.uz savollariga javob bergan energetika vazirining matbuot kotibi Hasan Toşxöjayev haydovçilarga gaz bölmasa, benzin quyiş yoki elektromobil sotib olişni maslahat berdi. Mavjud vaziyat uçun mas’uliyatni esa ob-havoga yukladi: “Dekabr oyida bunaqangi sovuq bölmas edi, bu yil bizga öziga xos iqlim kirib keldi”.
Özbekistonga qiş har yili kelişi, qiş sovuq bölişi qançalik odatiy hol bölsa, qişdagi energetika muammolari ham şunçalik odatiy holga aylangan. Gaz yetmaydi, bosim pasayadi, gaz quyiş şoxobçalaridan tortib aholi xonadonlarigaça energiya taqçilligi kuzatiladi.
Bu yil ham sovuq tuşişi bilan metan-şoxobçalarning iş vaqtiga çeklov kiritildi. Maqsad – gazni avvalo aholi xonadonlariga va ijtimoiy obektlarga yetkaziş. Metan-şoxobçalarda esa turnaqator navbatlar yuzaga kelgan, haydovçilar na gaz va na benzin topa olmayotganidan, sarsongarçilikdan norozi.
E’tiborlisi, Energetika vazirligi bu yil ham “anomal” ob-havoga işora qilmoqda. Vazirning matbuot kotibi Hasan Toşxöjayev Kun.uz bilan suhbatda “anomal” sözini işlatmagan bölsa ham, ma’nosi şunga yaqin “öziga xos iqlim”ni sabab qilib keltirdi.
“Töğri, qiş doim kirib keladi, lekin oldingi yillar bilan soliştiriladigan bölsa, dekabr oyida bunaqangi sovuq bölmas edi. Mana, bu yil bizga öziga xos iqlim kirib keldi. Dekabrning boşidan sovuq böldi. Oyning oxirigaça mana şu jarayon davom etib borişi prognoz qilinyapti. Kelayotgan haftaning oxiri, kelgusi haftaning boşlarida bundan-da sovuq bölişi kutilayotgan ekan.
Qiş mavsumiga 3 xil ssenariy asosida tayyorgarlik körilgani aytilgan. Har bir ssenariyning asosiy maqsadi – birinçi navbatda aholi va ijtimoiy infratuzilma obektlarini issiqlik bilan ta’minlaş.
Metan zapravkalar yopilişiga kelsak, ularning iş faoliyati çeklanayotgani... Buni endi soat neçidan neçigaça işlaşini har bitta hudud özining imkoniyati, iqtim şaroitidan, vaziyatdan kelib çiqib belgilaydi.
Aytiş kerakki, metan zapravka yopiq bölgan taqdirda, haydovçilarimizda boşqa muqobil variant bor. Ya’ni ular bemalol benzin quyişlari mumkin. Xabaringlar bor, benzin birjaga 2 baravar köp miqdorda çiqarilyapti. Agar talab qilinsa, balki 3 baravar köp ham çiqaramiz, bu böyiça heç qanday muammo yöq, zaxira yetarli”, – deydi u.















