Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Aksa Enerji kompaniyasi bilan hamkorlik rejalarini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi raisi Jamil Kazanchini qabul qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ushbu kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari, uning O‘zbekiston energetika tarmog‘ini kengaytirish va texnologik modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish rejalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 740 megavatt bo‘lgan zamonaviy elektr stansiyalarini qurish loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 400 megavatt bo‘lgan yangi elektr stansiyasini ishga tushirish marosimi bo‘ldi.

Ikki tomonlama "yo‘l xaritasi"ga muvofiq "yashil" energetika sohasida, jumladan, gaz taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish, biogaz stansiyalarini qurish, sanoat zonalarini energiya bilan barqaror ta’minlash va boshqa istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Mavzuga oid
21:28 / 18.11.2025
Samarqand viloyati elektr tarmoqlari 30 yilga Aksa Enerji boshqaruviga beriladi
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024