Toshkent avtobuslarida naqd shaklda to‘lov qabul qilish to‘xtatiladi
Shahar hokimining qarori bilan, 1 yanvardan boshlab Toshkent shahrida metro va avtobusga naqd shaklda to‘lov qilinganda yo‘lkira 3000 so‘m deb belgilandi (amalda 2000 so‘m). Naqdsiz to‘lovlar uchun 1700 so‘mlik tarif o‘zgarishsiz qoladi. Avtobuslar salonida yo‘lkirani naqd shaklda qabul qilish to‘xtatiladi, karta yoki ilova orqali to‘lov qila olmaydiganlar infokioskdan bir martalik chipta xarid qilishi kerak bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
2025 yil 1 yanvardan boshlab Toshkent shahri jamoat transportida yo‘lkira haqini elektron shaklda to‘lashni rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etiladi. Bu haqda shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 1 yanvardan e’tiboran poytaxt avtobus va metropolitenida naqd shakldagi to‘lovlar uchun yo‘lkira haqi 3000 so‘m deb belgilanadi (amalda 2000 so‘m).
Transport kartasi, bank kartalari hamda mobil ilovalar orqali to‘lov qilinganda yo‘lkira 1700 so‘m miqdorida o‘zgarishsiz qoladi.
Transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiquvchi imtiyozli va bepul tariflar ham o‘zgarishsiz qoladi.
1 yanvardan, shuningdek, Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi. Avtobuslar salonida yo‘lkirani faqat elektron tarzda to‘lash mumkin bo‘ladi.
Avtobus yo‘lkirasi uchun naqd shaklda to‘lov qilishni istaganlar shahardagi bekatlarda va ularning yaqinida o‘rnatilgan to‘lov qurilmalari (Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari) orqali bir martalik chipta xarid qilishi lozim bo‘ladi.
Shahar hokimining qarori bilan, shuningdek, avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lovlarni amalga oshirishda qatnovlar sonidan kelib chiqqan holdagi ko‘p martalik tarif rejalari ham tasdiqlandi:
Tarif | Amal qilish muddati | Avtobusdagi qatnovlar soni | Tarif rejasining narxi |
10 martalik | 2 kun | 10 | 16 000 |
20 martalik | 5 kun | 20 | 30 000 |
30 martalik | 7 kun | 30 | 44 000 |
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar aniqlandi
Jamiyat | 12:21
-
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda
O‘zbekiston | 11:46
-
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:29 / 19.06.2025
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

20:22 / 18.06.2025