15 dekabr, şanbadan yakşanbaga ötar keçasi Monte-Karloda professional boks keçasi ötkazilib, oqşomning markaziy jangi özbekistonlik boksçi Murodjon Ahmadaliyev iştirokida ötdi.
Professional boksning yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon çempioni, 30 yoşli Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) meksikalik 27 yoşli Rikardo Espinosa Frankoga (30-4, 25 KO) qarşi ringga kötarildi. 12 raundga belgilangan jangda WBA Interim (vaqtinça) çempionlik kamari tikilgan edi.
Jangni şiddatli boşlagan Murodjon 3-raunddayoq raqibini ringga qulatdi. Uşbu raundda Espinosani ikki marta nokdaun holatiga tuşirgan özbek boksçisi 3-marta raqibini ringga yiqitgaç, referi texnik nokaut qayd etib, jangni töxtatdi. Natijada, Ahmadaliyev WBA Interim kamari sohibiga aylandi.
Jangdan keyin özbekistonlik boksçi 2025 yilda yaponiyalik mutlaq jahon çempioni Naoi Inouega qarşi ringga çiqişni kutayotganini aytdi. Ahmadaliyev Naoidan kamar sohibligi yöqotişdan qörqmasa, u bilan jangga çiqişga tayyorligini ma’lum qildi.
Inoue çempionlik unvonini 24 yanvar kuni IBF`ning majburiy raqibi Sem Gudmanga qarşi himoya qiladi.
Naoi Inoue super vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon çempioni, törtta vazn toifasini zabt etişga muvaffaq bölgan va heç qaçon mağlub bölmagan boksçi hisoblanadi. Yaponiyalik boksçi Jahon boks kengaşi (WBC), Butunjahon boks taşkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) çempionlik unvonlariga ega.

















