Muloqot avvalida lord Devid Kemeron joriy yilning 23 aprel kuni Toşkentga buyurgan taşrifini mamnunlik bilan esga oldi va Özbekiston hukumati tomonidan körsatilgan yuksak e’tibor uçun minnatdorlik bildirdi.
Lord Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar va oxirgi yillar davomida respublikaning savdo- iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalarida erişilgan yutuqlari bilan batafsil taniştirildi.
Britaniya tomoni Özbekistonda yuz berayotgan yangilaniş va özgarişlarni ijobiy baholab, Londonni Toşkent bilan barça jabhalarda aloqalarini kengaytirişdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Şuningdek, parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytiriş, xususan Britaniya parlamentining yangi a’zolari bilan aloqalarni jadallaştiriş masalalari böyiça fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun mavjud salohiyatni röyobga çiqariş böyiça amaliy aloqalarni davom ettirişga kelişilib olindi.

















