Dunyo böylab ruhiy salomatlik muammolari pandemiya darajasiga yetdi. Bu mavzudagi köplab tadqiqotlarni tahlil qilgan Financial Times (FT) şunday xulosaga keldi.

Ta’kidlanişiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) va Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) hisob-kitoblariga köra, har yili depressiya va taşvişlarning kuçayişi tufayli 12 milliard iş kuni yöqotiladi. Jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar 1 trillion dollarga baholanmoqda.

Ruhiy salomatlikning yomonlaşuv tendensiyasi COVID-19 pandemiyasi oqibatida kuçaygan: 2020-2021 yillarda dunyoda depressiya holatlari 25 foizga oşgan. JSST ta’kidlaganidek, bugungi kunda vaziyat 2019 yil darajasiga qaytmagan.

Deloitte tadqiqotlari şuni körsatadiki, ruhiy salomatlik muammolari biznesda, birinçi navbatda, moliya va suğurta sohasida işlaydigan odamlar orasida ayniqsa keskindir.

Mutaxassislarning ogohlantirişiça, kompaniyalar öz xodimlarining ruhiy salomatligiga köproq sarmoya kiritişi va ular bilan muammo haqida oçiq gaplaşişi kerak. MindForward tadqiqoti şuni körsatadiki, bu muammo oçiq muhokama qilinayotgan kompaniyalarda xodimlar qöllab-quvvatlanayotganini his qiladi va samaraliroq işlaydi, mehnat unumdorligi oşadi va xodimlar öz iş joylarini tark etmaydi.

Oksford universiteti olimlari esa «xodimlarning psixofizik holati va kompaniya körsatkiçlari örtasida kuçli ijobiy aloqa borligini» isbotlagan.