Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi Anapa şahrida 15 dekabr kuni Qrim qirğoqlari yaqinida ikki tankerning halokatga uçraşi oqibatida qirğoq çiziğiga neft mahsulotlari çiqişi munosabati bilan favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda 17 dekabr, seşanba kuni Anapa meriyasi Telegramʼda ma’lum qildi.

«Gubernatorning topşiriğiga köra, voqea joyiga tezkor ştab joylaştirildi, oqibatlarini bartaraf etiş böyiça operatsiya ötkazilmoqda, qutqaruv xizmatlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuçlari, kazaklar va köngillilar jalb qilindi», — deyiladi uşbu postda.

Öz navbatida, Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratevning Telegramʼda ma’lum qilişiça, voqea joyida operativ xizmatlardan 267 kişi işlamoqda, 50 ta texnika jalb qilingan.

Uçinçi tankerdan favqulodda signal

Ayni paytda, 17 dekabr kuni, ayrim OAV xabarlariga köra, uçinçi tanker Qora dengizda Kavkaz porti yaqinida avariya signalini yuborgan. «Tankerdan falokat signali yuborildi», — deya xabar beradi TASS agentligining Dengiz qutqaruv xizmatidagi suhbatdoşi.

Aniqlik kiritilişiça, halokat signalini yuborgan tanker korpusiga zarar yetmagan: «Volgoneft 109» kemasi kapitani bergan ma’lumotlarga köra, kemaning yuk tanki zarar körgan. Korpusning öziga şikast yetmagan — dengizga sizib çiqiş kuzatilmagan».

«Merkuriy» dengiz qutqaruv xizmati qutqaruv kemasi hamrohligida «Volgoneft 109» kemasi xavfsiz töxtaşni amalga oşirildi. «Merkuriy» buni ta’minlaş uçun yaqin joyda joylaşgan», — deyiladi TASS xabarida.