Xitoylik ikki nafar taykonavt oçiq kosmosda töqqiz soat işladi. Bu oçiq kosmosda eng köp vaqt ötkazgan amerikalik astronavtlar rekordidan ikki soatga köp.

Xitoylik ikki nafar taykonavt milliy orbital stansiya bortidan oçiq kosmosga çiqib, u yerda töqqiz soat qoldi va rekord örnatdi. Bu haqda XXR Boşqariluvçi parvozlar boşqarmasi (CMSA) xabar berdi.

Qayd etilişiça, bu Xalqaro kosmik stansiya bortidan oçiq kosmosda eng köp vaqt ötkazgan amerikalik astronavtlar rekordidan ikki soatga köp.

Ta’kidlanişiça, oçiq kosmosga çiqiş muvaffaqiyatli yakunlangan. Tsay Syuyçje va Sun Lindun bu vaqt davomida köplab vazifalarni bajarişga, jumladan, kosmik çiqindidan himoya qurilmasini örnatişga muvaffaq bölgan. Taykonvat Van Xaotsze esa orbital stansiya bortidan ularning işiga kömaklaşib turgan.

Taykonavtlar Tsay Syuyçje, Sun Lindun va Van Xaotsze (stansiya ekipaji tarkibidagi birinçi ayol) Xitoy orbital laboratoriyasi bortiga 30 noyabr kuni «Şençjou-19» kosmik kemasida uçib kelgandi. Missiya doirasida ular stansiyada olti oyga yaqin faoliyat yutiradi — 2025 yil aprel oxiri yoki may boşida ular yerga qaytadi.

«Şençjou-19» missiyasi hisob böyiça «Tyangun» stansiyasiga amalga oşirilgan sakkizinçi ekspeditsiya hisoblanadi. Orbital laboratoriyaga birinçi boşqariluvçan missiya 2021 yilda amalga oşirilgan edi.

Xitoy kosmik stansiyasi yerdan 400 kilometr balandlikdagi orbitada joylaşgan bölib, u yerda bir vaqtning özida uç nafar taykonavt işlay oladi, ammo ekipajlarning almaşinuvi vaqtida stansiya olti kişini ham qabul qilişi mumkin. «Şençjou-19» missiyasi doirasida ilmiy eksperimentlar va texnik vazifalarni bajariş uçun yana bir neça bor oçiq kosmosga çiqiş rejalaştirilgan.