19 dekabr kuni Vladimir Putin bilan jonli efirda muloqot bo‘lib o‘tdi, 4,5 soat davom etdi. Prezident ichki siyosat, iqtisodiyot, Ukrainadagi urush, xalqaro munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid ko‘plab savollarga javob berdi.

Asosiy iqtiboslar:

«Rossiya kuchayib bormoqda. Rossiya chinakam suveren davlatga aylandi va boshqalarga qaram emas. Men Rossiyani «qutqarish» ga muvaffaq bo‘ldim».

«Rossiya Ukrainada oldinga siljimoqda. Rossiyalik harbiylar «hududlarni egallab olyapti... ba’zilarini qaytaryapti». Putinga 155-dengiz piyodalari brigadasi jangovar bayrog‘i ko‘rsatildi, uni askarlar yuborgani aytildi. Kursk oblasti qachon ozod qilinadi degan savolga Putin aniq javob bermadi»;

«Ukraina bilan hech qanday sulh bo‘lmaydi. Putinning ta’kidlashicha, u sulh va asirlarni almashishni rad etmagan. Shu bilan birga, u sulh dushmanga pozitsiyalarda mustahkam o‘rnashish imkonini berishini aytdi».

«Kreml Kiyev bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralarga tayyor, ammo... Putin Zelenskiyning noqonuniy prezident ekani haqidagi tezislarini takrorladi va Rossiyada muzokaralarni boshlash uchun shart yo‘qligini aytdi. Biroq, ular Istanbul kelishuvlari asosida va «rivojlanayotgan voqeliklarni» inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak».

«Oreshnik» raketasini urib tushirib bo‘lmaydi. Putin «duel»ni taklif qildi: «Kiyevdagi nishonlarni aniqlab, havo hujumiga qarshi mudofaa va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini u yerda to‘plashsin, biz esa zarba beramiz».

«Rossiya Suriyada yutqazmadi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriyada o‘z maqsadlariga erishdi va islomiy xalifalik barpo etilishining oldini oldi. U Moskvaga kelgan Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad bilan hali uchrashmadi».

Qisqacha:

Bayden va uning o‘g‘li avf etilishi haqida: Putin AQSh prezidentining bu qarori siyosiy emas, balki insoniylik nuqtai nazaridan ekanini ta’kidlab, uni qoralashdan bosh tortdi.

Ukrainadagi urush va armiya haqida: Putinning aytishicha, 2022 yildan beri vaqt jiddiy sinovga aylangan va Rossiya armiyasi butun front chizig‘i bo‘ylab ishonch bilan oldinga siljishda davom etmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari esa chekinish pozitsiyalarida mustahkam o‘rnasha olmayapti.