Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
AQSh prezidenti Jo Bayden federal sudlar tomonidan o‘limga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi. Ularga chiqarilgan hukm umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirildi.
Foto: Re
AQSh prezidenti federal sudlar tomonidan o‘limga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi. Jo Bayden ularning jazosini muddatidan oldin shartli ozod etilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirdi, deb xabar beradi Oq uy matbuot xizmati.
The New York Times’ning yozishicha, bular federal sudlar tomonidan o‘limga hukm etilgan deyarli barcha mahbuslardir. Bayden ommaviy qotillikda aybdor deb topilgan faqat uch erkakning jazosini o‘zgartirmagan.
Oq uydagilarning ma’lum qilishicha, Bayden o‘zining siyosiy karerasini zo‘ravonlik jinoyatlariga qarshi kurashishga va adolatli sud tizimini yaratishga bag‘ishlagan. Uning fikricha, AQSh terrorizm va nafratga asoslangan ommaviy qotillik holatlaridan tashqari federal darajada o‘lim jazosi qo‘llashni to‘xtatishi kerak.
Baydenning o‘zi jazosi yengillashtirilgan jinoyatchilarni qoralashini, shuningdek, ularning jinoyatlari oqibatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdard ekanini bildirgan.
NYT’ning qayd etishicha, Demokratik partiyaning bir qancha a’zosi, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar Baydenni o‘limga hukm etilganlarning jazosini yengillashtirishga chaqirgan.
2019 yilda, Donald Tramp prezidentligi davrida AQShda federal organlar yurisdiksiyasiga kiruvchi jinoyatlar uchun o‘lim jazosi qayta tiklangan edi. Bu vaqtga kelib mamlakatda 2003 yildan beri o‘lim hukmi ijro etilmay kelinayotgandi, ammo shtatlar hukumatlari bu turdagi jazoni o‘zlari mustaqil belgilashlari va amalga oshirishlari mumkin edi. 2021 yilda esa AQSh Adliya vazirligi federal darajadagi o‘lim jazosiga vaqtinchalik moratoriy joriy etdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden bundan bir necha kun oldin 39 kishini afv etgan va uzoq muddatga qamalgan 1500 mahbusning qamoq jazosini yengillashtirgandi. Jazoning yengillashtirilishi pandemiya vaqtida uy qamog‘iga o‘tkazilgan va «oilasiga qayta qo‘shilib ketishga muvaffaq bo‘lgan» shaxslarga taalluqli. Afv etish qarori esa zo‘ravonlik jinoyatini sodir etmaganlarga tegishli.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32 / 30.01.2026