Grenlandiya boş vaziri Mute Egede AQŞ saylangan prezidenti Donald Trampning orolga Vaşington tomonidan «egalik va nazorat qiliş» zarurligi haqidagi sözlariga javob qaytardi. OAV 23 dekabr, duşanba kuni uning sözlaridan iqtibos keltirdi: «Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegişli».
Egede şunday qöşimça qildi: «Biz sotmaymiz va sotilmaymiz. Ozodlik uçun uzoq davom etgan kuraşimizni boy bermasligimiz kerak». Şu bilan birga, siyosatçi Grenlandiya «butun dunyo, ayniqsa qöşnilar bilan hamkorlik va savdo qiliş uçun» oçiq qolişi kerakligini ta’kidladi.
Tramp: AQŞ Grenlandiya ustidan nazorat örnatişi kerak
22 dekabr, yakşanba kuni Donald Tramp özining Truth Social akkauntida Qöşma Ştatlar «butun dunyoda milliy xavfsizlik va erkinlikni ta’minlaş» uçun «Grenlandiyaga egalik va nazorat qilişi mutlaq zarur», deb yozdi.
Prezident sifatidagi birinçi muddatida Tramp Grenlandiyani öz içiga olgan Daniyaga orolni sotişni taklif qilgan edi. Biroq, öşanda Kopenhagen uning taklifini keskin rad etdi va mamlakat boş vaziri Mette Frederiksen buni «bema’nilik» deb atadi, şuning uçun AQŞ prezidenti hatto Daniyaga safarini ham bekor qildi.
Vaşingtonning Grenlandiyani sotib oliş ğoyasi birinçi marta 1867 yilda AQŞ davlat kotibi Uilyam Genri Syuard tomonidan taklif qilingan, u prezident Endryu Jonson ma’muriyatida işlagan. Öşa yili u Rossiyadan Alyaskani sotib olişga muvaffaq böldi.

















