Özbekiston milliy axborot agentligi – ÖzA saytida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi, siyosatşunos Qudratilla Rafiqovning “2020 — millatni ulğaytirgan yil” maqolasi e'lon qilindi. Quyida uşbu maqola ayrim qisqartirişlar bilan berilmoqda.

“Dunyoning past-u balandini bilgan odamlar yilning kelişiga qarab undan nima kutişini ayta oladi. Ammo 2020 yil hammani şoşirdi. U yurtdoşlarimiz uçun ham, jahon ahli uçun ham oğir keldi. Men ham uzoq yillar siyosatning içida yurgan, bu hayotda yaxşi-yomonni, oq-u qorani yetarliça körgan va uni ajrata oliş tajribasiga ega inson sifatida bu borada favqulodda bir tugal fikr aytişga, töğrisi, qiynalaman.

Negaki, şundoq köz oldimizda bölib ötgan voqealar, elimiz boşiga tuşgan taşvişlar odamning xayolini şoşiradi, fikrlarni jamlaşga izn bermaydi. Körgan-keçirganlarimiz, majoziy aytganda, tragik filmlar motivlariga yoki bosirinqi tuşga öxşaydi.

Afsuski, bu körayotganlarimiz tuş emas. U real hayotda yuz bergan va berayotgan voqealar. Albatta, bölib ötgan va hamon davom etayotgan hodisalar silsilasi barçamizning oromimizni öğirladi, dilimizni xufton qildi. Biroq men Şavkat Miromonoviçni uzoq yillardan buyon yaqindan biladigan, uning orzu-öylari, içki keçinmalaridan xabardor bir safdoşi sifatida aytişim mumkinki, boşimizga tuşgan bu taşvişlar eng köp şu insonning bağrini ezdi, dilini yaraladi.

Zotan, bu yildan, barçamizdan ham köra uning umidlari köproq edi. Orzularki, elimiz turmuş şaroitini oşiriş, oddiy, mehnatkaş odamlar kosasini oqartiriş, bu dunyoga kelib, bir umr guvala devorli tomlar tagida röşnolik körmay, «hayot şu ekan, peşonamizga bitilgani şu bölsa kerak», deya körgan kuniga-da rozi ötayotgan sodda, kamsuqum, sabr-bardoşli vatandoşlarimiz könglini oliş, ularning egilgan qaddini kötariş...

Biroq dunyo işlari tizgini bandasining qölida emas. Körib turganimizdek, çarx teskari aylandi. Köpni körgan donolarimiz falokat kutilmaganda keladi, bir kelsa ustma-ust keladi, deydi. Bu yil şunday böldi: xalqimiz va yurtimizni mana şu taşvişli qismat «aylantirdi».

Gapimiz quruq bölmasin. Masalan, hamon dunyoni larzaga solib turgan koronavirus pandemiyasini oling. Uning naqadar jiddiy xavf ekani va keltirişi mumkin bölgan talafotlari kölamini çamalaş uçun bu yil Tokioda bölib ötişi kutilgan tört yillikning eng nufuzli sport musobaqasi — xalqaro Olimpiada öyinlarining qoldirilganini esga oliş kifoya.