Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchixonasida Pokiston senatorlari bilan muhokama bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Senati a’zolari Irfan Siddiqiy va Sarmad Ali bilan uchrashdi.
Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuv davomida senatorlarning mamlakatdagi parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtiroki, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish, mintaqaviy bog‘liqlik tashabbusi doirasidagi loyihalarning amalga oshirilishi masalalari muhokama qilindi.
Senator Irfan Siddiqiy Pokiston Senatining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi sifatida xorijdagi, jumladan Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi jarayonlarni kuzatib borishini ta’kidlab, xalq farovonligini oshirish, iqtisodiyotni izchil modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, chet el investitsiyalari uchun qulay sharoit yaratish borasida davlat siyosatini, jumladan mustahkam qonuniy asosning vujudga keltirilayotganini yuksak baholadi.
O‘zaro savdo hajmining yildan yilga o‘sib borayotgani quvonarli ekanligi e’tirof etilib, bu ko‘rsatkich tez fursatlarda 1 milliard dollarlik marradan oshishiga umid bildirildi.
Pokiston Senati a’zolari sohaviy va aniq maqsadga yo‘naltirilgan biznes-forumlarni muntazam asosda tashkil etish, ikki davlat hududlari o‘rtasida jonli muloqot maydonini shakllantirish savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.
Transafg‘on temir yo‘li foydalanishga topshirilgach, uning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida uzilib qolgan rishtalarni barcha yo‘nalishlarda qayta jonlantirishi, mintaqadagi taraqqiyot jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi e’tirof etildi. Senatorlar mazkur loyiha doirasidagi ikki va ko‘p tomonlama muloqotni jadallashtirish va uning amaliy ijrosiga kirishish zarurligini aytib, bu borada o‘z imkoniyatlarini to‘liq safarbar etishga shayligini bildirishdi.
Mavzuga oid
20:57 / 03.01.2026
O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi
01:00 / 21.12.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:55 / 13.12.2025
Karachida hibsdagi o‘zbekistonlik: elchixona ishni nazoratga oldi
20:41 / 06.12.2025