Neft-gaz tarmoği kompaniyalari uçun quduqlarni quriş va kapital ta’mirlaş xizmatlarini körsatuvçi Eriell bir neça oydan beri xodimlarning iş haqlarini tölamay kelyapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoda kompaniya işçilari prezidentga murojaat qilib, iş haqini olişda yordam söragan.
“Konstitutsiyamizning 2-moddasi: davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi, davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Biz neft va gaz sohasi böyiça Eriell kompaniyasida işlaymiz. 2024 yilning avgust, sentabr, oktyabr va noyabr oyida işlagan iş haqimizni olganimiz yöq. Bugun, 28 dekabr”, – deydi murojaatçilar.
Ular yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 333-moddasida iş beruvçi iş haqini va boşqa tölovlarning muddatini buzganlik uçun 10 foiz miqdorida kompensatsiya tölaşi belgilanganini ta’kidlab, davlat rahbaridan iş haqining öz vaqtida berilişi va keçiktirilgan iş haqlari uçun kompensatsiya olişda yordam söragan.
“Ona vatanimizda işlab turib işlagan iş haqimizni ololmaslik heç qaysi risolaga töğri kelmaydi, bu adolat mezonlarini buzyapti. Fuqarolaringiz sifatida adolatni qaror toptirişingizni iltimos qilamiz. Biz ham oylik olib bayram ötkazaylik”, – deydi murojaatçilar.
Kun.uzʼga murojaat qilgan Eriell xodimining aytişiça, video Qoraqalpoğistonning Urga konida olingan.
“Ular Eriell kompaniyasining Ustyurt loyihasi işçilaridir. Lekin oylik böyiça Eriellʼning barça loyihalaridagi xodimlarida muammo bölyapti. Lukoilning Qandim loyihasi bundan mustasno. Lukoil bizning kompaniyaga işçilar oyligini bermasang, yangi quduq bermaymiz, deb şart qöygan. Şu bois faqat Qandim proyektidagilar sentabr (şu oy ham olingan) oyligigaça olgan”, – deydi u.
Murojaatçining aytişiça, Qandimdagi işçilardan boşqa barça Eriell xodimlari oxirgi marta noyabr oyining örtasida iyul oyligini olgan.
“Undan keyin heç qanaqa iş haqi tölangani yöq”, – deydi u.
Eriell xodimlarning iş haqlarini keçiktirayotgani holati birinçi marta yuz bermayapti. Joriy yil sentabr oyida tahririyatga kompaniya xodimlari 3 oylik maoşlari tölanmagani yuzasidan murojaat












