AQSh Ukrainaga yordam uchun 2,5 milliard dollar ajratdi - bunaqasi ikki yildan buyon bo‘lmagandi
AQSh tomonidan Ukrainaga taqdim etiladigan harbiy yordamdan havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya snaryadlari hamda «boshqa muhim qurollar» o‘rin oladi.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga jami 2,5 milliard dollar hajmidagi yangi harbiy yordam paketi haqida e’lon qildi.
Baydenning bayonotiga ko‘ra, ushbu harbiy yordam paketi havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya snaryadlari hamda «boshqa muhim qurollar»ni darhol va uzoq muddatli yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.
Paket ikki qismdan iborat: 1,25 milliard dollarlik qismi Pentagon zaxiralaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazmalardan iborat, shuningdek, Amerika harbiy idorasi Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbuslari (USAI) doirasida yana 1,22 milliard dollarlik qurol ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzadi.
USAI doirasida qurollarni yetkazib berishga oylar yoki yillar ketishi mumkin. Oq uy xabarida ta’kidlanishicha, bu mazkur dastur doirasidagi oxirgi mablag‘lar hisoblanadi.
Shuningdek, Bayden o‘z ma’muriyatiga o‘z vakolatlari yakunlanadigan 20 yanvarga qadar Ukrainaga imkon qadar tezroq yangi yordam ko‘rsatishni davom ettirishga ko‘rsatma bergan.
Reutersʼning qayd etishicha, hozirgi paket Jo Baydan administratsiyasining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdagi oxirgi to‘g‘ridan to‘g‘ri yordami bo‘lishi mumkin.
Dekabr oyi o‘rtalarida NY Times Oq uyda Ukrainaga 5,6 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati mavjudligi haqida xabar bergandi — bu mablag‘ kongress bilan kelishilgan.
Nashrning Pentagondagi manbalari Bayden ma’muriyati bu mablag‘larni imkon qadar 20 yanvarga qadar yetkazib berishga harakat qilishi, chunki Donald Trampning inauguratsiya marosimidan keyin sarflanmagan mablag‘lar Kiyevga yetkazilmay qolishi mumkinligi haqida xabar berishgandi. Shu bilan birga, 5,6 milliard dollar — katta mablag‘ ekani, shu tufayli Bayden ma’muriyati ularning barchasini sarflashga ulgurmasligini qayd etishgandi.
Bu 2023 yil yanvaridan buyon AQShning rekord miqdordagi bir martalik harbiy yordami bo‘lmoqda, o‘shanda 2,85 milliard dollar ajratilgandi. Shundan keyingi transhlar miqdori bir necha yuz million dollardan oshmagan.
CNN telekanali sentabr oyida AQSh o‘z qurol zaxiralari qisqarayotgani tufayli 2024 yil apreldan Ukrainaga harbiy yordam hajmini qisqartirganini ma’lum qilgandi. 2024 yil dekabrga kelib yordam paketlari yana oshdi: 3 dekabr kuni Oq uy Ukrainaga 725 million dollarlik, 7 dekabrda — 988 million, 13 dekabrda esa 500 million dollarlik yordamlarini e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
-
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi
Jahon | 09:50
-
Toshkentda O‘rta transport yo‘lagi istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston | 09:33
-
Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 09:13
Mavzuga oid

09:50
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi

09:05
AQSh bojlarni Shveytsariya tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda

08:59
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

08:22