Özbekiston, Qozoğiston va Ozarboyjon Yevropaga «yaşil energetika yölagi»ni yaratiş loyihasi doirasida ta’sis şartnomasini imzoladi.

Energetika vazirligi xabar berişiça, şartnoma uç mamlakatning magistral elektr tarmoqlari operatorlari — Ozarboyjonning Azerenerji, Qozoğistonning KEGOC va «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» tomonidan video-aloqa doirasida imzolandi.
Hujjat uç davlat prezidentlari tomonidan 13 noyabr kuni imzolangan bitimni amalga oşiriş, şuningdek, Yevropa Ittifoqining «Yaşil bitim» (2050 yilga qadar issiqxona gazlari va atrof-muhitning umumiy ifloslanişini nolga tuşiriş rejasiga erişiş) kabi yangi taşabbuslarni hisobga olgan holda elektr energiyasi savdosi imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.

Tomonlar loyihani amalga oşiriş uçun Bokuda qöşma korxona taşkil etişga kelişib oldi. Maslahatçi vazifasini Italiyaning CESI kompaniyasi bajaradi va loyihaning texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqadi.

















