Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Saxalin oblastiga yetkazib beriladi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari amaliy safar bilan Rossiyaning Saxalin oblastiga bordi.
Safar davomida diplomatlar Janubiy Saxalin shahrida yangidan qurilayotgan "Agropark" ulgurji-tarqatish markazini ko‘zdan kechirishdi.
Rossiya tomoniga ko‘ra, markaz hududdagi yagona logistika obekti hisoblanib, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uchun yuqori texnologiyali zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan. Loyiha 56 gektardan ziyod maydonida amalga oshirilmoqda.
"Agropark" ulgurji-tarqatish markazi ishga tushirilgach, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va ularni iste’molchilarga zamonaviy standartlar va sifat talablariga mos ravishda yetkazib berish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Markaz rahbariyati bilan kechgan muloqot chog‘ida, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Saxalin oblastiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mamlakat tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
16:56 / 03.06.2026
Saxalin oroli va Tinch okeani flotidan ayrilgan Rossiya – Rus-yapon urushi tarixi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026