Nyu Yorkda tungi klub yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Yaradorlar bor
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan to‘rt nafar shaxs klubning kirish qismida turgan fuqarolarni tartibsiz o‘qqa tutgan. Yaralanganlarning barchasi 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar.

Foto: Robert Mecea
Nyu Yorkdagi tungi klubda sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida 10 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda The New York Post.
Qayd etilishicha, otishma 1 yanvar kuni kechasi Kuinsdagi Amazura klubida tashkil etilgan yopiq bazmda yuz bergan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan to‘rt nafar shaxs klubga kirish yo‘lagida turganlarga qarata kamida 30 marotaba tartibsiz o‘q uzgan.
Jabrlanganlarning barchasi — 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardir. Ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Yaralanganlar ahvoli og‘ir emasligi aytilmoqda.
Politsiya gumonlanuvchilar jinoyat joyidan yashiringan Infiniti markasidagi kulrang avtomobilni qidiruvga bergan.
Avvalroq Chernogoriyaning Tsetine shahrining tarixiy markazida mahalliy aholi vakili o‘t ochishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘t ochishda gumonlanayotgan Atso Martinovich kun davomida kafeda spirtli ichimlik ichgan, keyin esa uyiga borib, qurolini olib chiqqan, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, unda bu qurol uchun ruxsatnoma bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?
Jahon | 19:34
-
Putin Turkiyaga nega «ikkinchi tarkib»ni yubordi?
Jahon | 19:17
-
Toshkentdagi CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2025 bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 19:00
-
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi
Jahon | 18:30
Mavzuga oid

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor

10:18 / 31.03.2025