Ukraina Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rim Statutining 125-a’zosi böldi. Sud binosida XJS a’zo davlatlari bayroqlari orasida kök va sariq rangli Ukraina bayroği örnatildi.
Xalqaro jinoiy sud - xalqaro jinoyatlarni sodir etişda ayblangan şaxslarni tergov qiliş, ta’qib qiliş va javobgarlikka tortiş bilan şuğullanadigan doimiy xalqaro suddir.
XJS Rim statutining tölaqonli a’zosi bölgan Ukraina a’zo davlatlar Assambleyasida iştirok etişi, körib çiqiş uçun masalalar kiritişi, XJS budjetini taqsimlaş böyiça ovoz beriş, sudyalar saylovida iştirok etişi, Rim statutiga özgartirişlar işlab çiqiş huquqiga ega böladi. Bu Ukrainaning xalqaro maydondagi rolini kuçaytiradi va xalqaro adliya tizimini yaxşilaydi.
Ukraina Rim statutini 2000 yilda imzolagan, ammo bu vaqt davomida uni ratifikatsiya qilmagan - 2015 yilda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi qarori bilan ratifikatsiya zarurati tan olingan bölsa ham. Keltirilgan sabablardan biri XJS Ukraina fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortişi mumkinligidan xavotir edi.
Oliy Rada 2024 yil 21 avgust kuni Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilişni qöllab-quvvatladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2024 yil 24 avgustda Rada tomonidan Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunni imzoladi.

















