Muloqot çoğida ilm-texnologik yönalişda hamkorlikni kengaytiriş, özaro manfaatli loyihalar va taşabbuslarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

COMSTECH boş koordinatori sönggi yillarda ilm-fan, innovatsion texnologiyalarni rivojlantiriş va ularni milliy iqtisodiyot tarmoqlarida bevosita qöllaş borasida Özbekiston erişayotgan yutuqlarni yuqori baholab, bularning barçasi davlat rahbari tomonidan ta’lim va innovatsion rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan islohotlarning natijasi ekanini e’tirof etdi.

"Özbekiston zaminida yetişib çiqqan buyuk mutafakkirlar, qomusiy olimlar va ulamolarning dunyo ilm-faniga va islom sivilizatsiyasiga qöşgan ulkan hissasi heç kimga sir emas. Özbekiston, xususan mamlakat OTMning yuqori ilmiy salohiyatidan yaxşi xabardormiz. Uşbu salohiyatni xalqaro platformalar orqali jahon ilmiy hamjamiyatiga namoyiş qiliş muhim. Şunga köra COMSTECH 57 ta mamlakat ilmiy doiralari bilan hamkorlik uçun "noyob eşik" vazifasini ötaşi mumkin", – deya qayd etdi taşkilot rahbari.

Iqbol Çoudri boşçiligidagi delegatsiyaning şu yilda Özbekistonga taşrifini taşkillaştirib, taşrif doirasida ilm-fan, oliy akademik ta’lim yönalişida hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş, örta va uzoq muddatga möljallangan qöşma harakatlar rejasini işlab çiqiş tomonlar iş jadvaliga kiritildi.

Özbekistondan yetişib çiqqan buyuk mutafakkirlarning insoniyat ilm-fani taraqqiyotiga qöşgan hissasi töğrisida xalqaro tadbirlar, ularning ilmiy merosini örganiş va tarğib qiliş maqsadida hamkorlikda astronomiya, geografiya, fizika fanlaridan xalqaro musobaqalar, olimpiadalar taşkil etişga, talabalar va tadqiqotçilar uçun grant dasturlarini işlab çiqişga kelişildi.