Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari zimmasiga 2025 yilda bir qator vazifalar yuklandi.
Jumladan:
- sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta ko‘rib chiqish;
- radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi xalqaro standartlar va talablarni milliy qonunchilikka joriy etish;
- sanoat xavfsizligini ta’minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
- sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:
- Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Temiryo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.
2025 yil 1 iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi joriy etiladi.















