2025 yil 1 yanvardan boşlab Germaniya butun dunyo böylab Konsullik xizmatlari portalini işga tuşirdi. Şu tariqa köplab davlatlarda Germaniyaga vizaga onlayn ariza topşiriş imkoniyati paydo böldi. Bu haqda Germaniya TIV xabar bermoqda.
Jumladan, Germaniyaning dunyo böylab 167 ta viza bölimi raqamli tizimga ötadi. Uşbu davlatlar qatorida Özbekiston ham bor. Xizmat 28 turdagi vizalarga amal qiladi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbokning aytişiça, Germaniyaga har yili kamida 400 ming nafar malakali işçi kerak böladi.
Şu sababli xorijdan malakali işçilarni jalb etişda zamonaviy va raqamli xizmat körsatadigan Konsullik xizmatlari portali işga tuşirilgan.
“Bu jarayon uzoq vaqt davom etadigan qoğozbozlikni bartaraf etib, Germaniyani işçi kuçi va talabalar uçun yanada jozibador qiladi”, degan Annalena Berbok.
1 yanvardan boşlab Germaniyada işlaş yoki öqiş istagida bölgan Özbekiston fuqarolari ham Konsullik xizmatlari portali yordamida viza oliş uçun onlayn tarzda murojaat qilişi mumkin. Endi ariza topşirişda poçta orqali hujjat yuborişga hojat qolmaydi.
















