Avstriya hukumatining yangi kansleri keyingi hafta öz majburiyatlarini bajarişga kirişadi. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Van der Bellen ma’lum qildi.

«Karl Nexammer öz lavozimini tark etganidan keyin Avstriya ötiş davrida yangi kanslerga ega böladi, u keyingi haftadan majburiyatlarini bajarişga kirişadi», — deydi davlat rahbari.

Aleksandr Van der Bellen yangi kansler nomzodiga oid biror qöşimça ma’lumotni oşkor qilmagan.

Prezident 6 yanvar kuni parlament saylovlarida ğalaba qozongan Avstriya ozodlik partiyasi rahbari Gerbert Kikl bilan uçraşib «vaziyat özgarganini» muhokama qiladi.

Avstriya kansleri Karl Nexammer koalitsion hukumat tuziş borasidagi muzokaralar barbod bölişi ortidan iste’foga çiqişini ma’lum qilgandi. “Biz uzoq va halol muzokaralar olib bordik. Sotsial-demokratlar bilan muhim masalalar böyiça kelişuvga erişib bölmadi. Xalq partiyasi öz va’dalariga sodiq qoladi: biz iş samaradorligi va tadbirkorlikka putur yetkazuvçi çoralarga, xususan yangi soliqlar joriy etilişiga qarşimiz. Şu sababdan ham sotsial-demokratlar bilan muzokaralarni yakunladik va davom ettirmaymiz”, – degan Karl Nexammer şanba kungi bayonotida.

Avstriya xalq partiyasi yetakçisi Karl Nexammer 2021 yil dekabrda mamlakat kansleri lavozimini bajarişga kirişgan edi. Öşanda mamlakat federal prezidenti Aleksandr Van der Bellen bungaça içki işlar vaziri lavozimini egallagan Nexammerdan qasamyod qabul qilgandi.