AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Pentagon rahbari Lloyd Ostinning Ramştayndagi Ukraina böyiça aloqa guruhida iştirok etiş uçun Germaniyaga taşrifi doirasida Kiyevga sönggi harbiy yordam paketini e’lon qilmoqçi. Bu haqda 7 yanvar, seşanba kuni ikki yuqori martabali amerikalik amaldor sözlariga tayanib, AP axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik suhbatdoşlari yordam paketining aniq miqdorini aytmadi va bu «sezilarli» bölişini ta’kidladi. Ayni paytda, rasmiylarga köra, u Ukrainaga yordam uçun Kongress tomonidan tasdiqlangan mablağning bir qismi sifatida qolgan taxminan 4 milliard dollar miqdoridagi barça mablağni öz içiga olmaydi. Oq uyning yangi rahbari Donald Trampning mudofaa guruhi ixtiyorida «bir neça milliard dollar» qolişi mumkin, dedi AQŞ ma’muriyati rasmiylari Lloyd Ostin bilan safarga ketayotgan jurnalistlar uçun brifingda.

Ukrainani qöllab-quvvatlaşga jalb qilingan Pentagon rasmiylari Trampning ötiş guruhi bilan «muhim deb hisoblagan barça masalalarni» muhokama qilmoqda, deya ta’kidladi rasmiylardan biri.

«Dronlar koalitsiyasi» Ukrainaga ön minglab UUA yetkazib beradi

AQŞ boşçiligidagi Ramştayn formati doirasida tuzilgan «dronlar koalitsiyasi» va «dengiz koalitsiyasi» deb ataladigan davlatlar tarkibiga kiruvçi yigirmadan ortiq mamlakat 2025 yilning yanvar oyidan boşlab Ukrainaga har xil turdagi «ön minglab» uçuvçisiz uçoqlar yetkazib berişni boşlaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri örinbosari Lyuk Pollard 19 dekabr kuni Londonda Jamoatlar palatasi deputatlari oldidagi çiqişi çoğida ma’lum qildi, uning sözlarini "Yevropeyska pravda" naşri keltirgan.

«Tasdiqlaşim mumkinki, yanvar oyida jiddiy özgarişlar kutilmoqda – biz Norvegiya va Latviyadagi hamkorlarimiz bilan birga yetakçilik qilayotgan dengiz va uçuvçisiz uçoqlar koalitsiyasi orqali ön minglab dronlarni yetkazib berişni boşlaymiz», — deya Pollard sözlaridan iqtibos keltiradi Ukraina naşri. «Britaniya hukumati Ukraina bilan hamkorlikni davom ettirib, uning NATOga a’zo böliş yölidagi taraqqiyotiga yordam beradi». Rasmiy şuningdek, Buyuk Britaniya «Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib beriş sur’atini oşiriş va Rossiya uçun uruş olib boriş xarajatlarini oşiriş» maqsadida Ramştayn davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirayotganini ta’kidladi.

Bundan taşqari, Pollardning aytişiça, 19 dekabr kuni e’lon qilingan Ukraina uçun yangi 286 million dollarlik (275 million yevro) harbiy yordam paketi Buyuk Britaniya tomonidan boşqariladigan Ukrainaga yordam beriş xalqaro jamğarmasining 233 million dollarini öz içiga oladi. Bu mablağlar asosiy harbiy texnika, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va ularning tarkibiy qismlarini sotib olişga, şuningdek, Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining jangovar salohiyatini mustahkamlaşga yönaltiriladi, deya aniqlik kiritadi «Yevropeyska pravda».