«Umid auto leasing» işi ança oldin tilga tuşgandi: şartnoma qilingan mijozlarga maşinalar öz vaqtida berilmagan, bundan norozilarga esa puli qaytarilmagan. Uşbu MÇJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi oçilgan. Biroq şunday bölişiga qaramay «Umid auto leasing» bilan şartnoma tuzayotgan va puç va’daga uçayotganlar hamon topilmoqda.

Özbekistonda odamlar eng köp aldanib qoladigan firibgarlik turlaridan biri avtomobil oldi-sotdisi hisoblanadi. 3 oy içida 19 mingdan ortiq odam 57 mlrd sömga çuv tuşgan “Avto 60 oy” işi, “Mega Auto Leasin” hamda “Mega Car Leasin” MÇJlar işi bunga misol.

Şu bois Raqobat qömitasi fuqarolarni avtolizing firmalar bilan şartnoma tuzişda ogoh bölişga, aldanib qolmaslikka çaqirgandi. Qömita bir neçta avtolizing firmalarning mansabdor şaxslariga jinoyat işi qözğatilganini, ularga aldanib qolgan fuqarolardan murojaatlar köpayganini ma’lum qilgandi. Uşbu firmalar orasida «Umid auto leasing», «Umid lizing Tashkent», «Umid auto», «Umid avto Tashkent», «Umid avto lizing», «Mega Avto Leasin-Hamkor», «Mega Avto Leasin», «Samo Rimmax Avto», «Rimmax Auto Leasin», «Ishonch Auto Leasin», «Asr Auto Leasin», «Baraka Avto Baraka Business» kabi MÇJlar bor.

Maşina xarid qiliş uçun «Umid auto leasing» MÇJ bilan şartnoma tuzib, kuyib qolganlar ham ançagina. Ular bir neça yildirki na maşinasini, na tölagan pulini ololmay yuribdi. Ana şunday jabrlanuvçilar Kun.uz’ga murojaat qildi.

“2023 yil aprel oyida tölov qilgandim. Şunda ular bizga çegirma qildik, xalqqa xizmat qiladigan odamlarmiz, dedi. Keyin şartnoma tuzib, 97 mln söm tölov qildim. Yil oxirigaça maşinadan darak bölmadi. 8-9 marta murojaat qildim. Oxiri berilmasligi aniq bölgaç, 13 dekabr kuni IIBga ariza yozdim.

Şundan keyin avvaliga pulni 40 kunda qaytaramiz, deb aldadi. Kelib sörasam hatto “3 ta maşina taklif qildik, siz olmadingiz”, deya tuhmat ham qilmoqda. Söngra pulingizni bermaymiz, deyişdi. Uşbu holatdan keyin sudga murojaat qildim. 16 oktyabr kuni MIBga ötdi. Masala hal bölgani yöq