2025 yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihada yil yakuniga qadar Yevro–4 standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilğisidan foydalaniş va sotişni çeklaş taklif etilgan.
Şuningdek, joriy yilda respublikaning barça hududlarida joylaşgan issiqlik va elektr energiyasi işlab çiqariş korxonalariga yoqilği sifatida mazutdan foydalanişni taqiqlaş közda tutilmoqda. Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda avariyaviy yoqilği sifatida foydalaniş holatlari istisno sifatida belgilanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 24 sentabr kuni qabul qilingan prezident qarori bilan, Toşkent şahri va unga tutaş Toşkent viloyatining hududlarida joylaşgan isitiş va elektr energiya işlab çiqariş korxonalarida yoqilği sifatida mazutdan foydalanişni 2030 yildan boşlab taqiqlaş, Yevro–4 standartidan past yoqilğilarni bosqiçma-bosqiç çeklaşni esa 2028 yildan boşlaş belgilangan edi.
Joriy yilgi davlat dasturi loyihasi bilan, şuningdek, 2025 1 maydan boşlab, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yönalişlarda yangi loyihalarni amalga oşirişni taqiqlaş taklif etilmoqda:
- asbest, sement işlab çiqariş, şlam va şlaklar;
- teri-könçilik, parrandaçilik fabrikalari;
- samaradorligi yuqori bölgan çang-gaz tozalaş inşootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi kömir yoqiş;
- qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralaşmalar bölgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan işlaş;
- xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub çiqindilarni qayta işlaş va yoqiş korxonalari.
Sanab ötilgan toifalarga kiruvçi, energiya siğimi yuqori bölgan mavjud quvvatlar Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlaridan köçirilişi mumkin.
Şuningdek, 2025 yil 1 noyabrga qadar plastik qadoqlarni yoki plastik qadoqlarda mahsulot işlab çiqaruvçi hamda import qiluvçilarga

















