«Ramştayn» formati doirasidagi ittifoqçilar Ukrainani qöllab-quvvatlaş rejalarini kelişib oldi. Gap 2027 yilgaça Ukrainaning mudofaa qobiliyatini rivojlantiriş rejalari haqida ketmoqda, deb xabar beradi «RBK Ukraina».
Qayd etilişiça, AQŞ «Ramştayn» doirasidagi koalitsiyalar yetakçilarining qöşma bayonotini e’lon qilgan. Ukraina ittifoqçilari 2024 yil 12 iyuldagi majburiyatlarini bajarib, sakkizta yöl xaritasi böyiça kelişib olgan. Ular Ukrainaga yordam körsatiş böyiça sa’y-harakatlarni optimallaştiriş, işonçli mudofaa va duşmanni tutib turiş qobiliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, Ukrainaning NATO bilan aloqalariga kömaklaşiş uçun işlab çiqilgan.
Ta’kidlanişiça, şerik davlatlar Ukraina bilan nafaqat harbiy vaqtda, balki undan keyin ham yaqindan hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda. Bu xayriya, xaridlar, investitsiya va sanoat bazasini kengaytirişni öz içiga oladi.
Ukraina mudofaasi böyiça Aloqa guruhining yiğilişida Pentagon rahbari Lloyd Ostin koalitsiyalar faoliyati şeriklar tomonidan Kiyevga körsatilayotgan yordamni tezroq olişda yordam bergan.
«Biz imkoniyatlari böyiça sakkizta koalitsiya tuzdik. Unga 14 ta davlat, jumladan, Ukraina boşçilik qiladi. Milliy qurollaniş böyiça direktorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda uşbu yangi koalitsiyalar körsatayotgan yordamimiz muvofiqlaştirilgan, samarali va barqaror bölişini ta’minlaydi», — deydi Lloyd Ostin.
Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerovning ta’kidlaşiça, Ukrainaning asosiy vazifasi — uruş paytida armiya ehtiyojlarini mudofaa kuçlarining uzoq muddatli rivojlaniş maqsadlari bilan muvozanatlaşdir. Şuningdek, Ukraina Qurolli kuçlarining NATO kuçlari bilan töliq muvofiqligini ta’minlaş böyiça işlar olib borilmoqda.
Bugun, 9 yanvar kuni Germaniyada Ukraina mudofaasi böyiça Aloqa guruhining «Ramştayn» formatidagi 25-uçraşuvi bölib ötdi. Unga Pentagon rahbari Lloyd Ostin boşçilik qildi, şuningdek, Germaniyaga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham taşrif buyurgan.

















