Kuçli stress, moddiy yöqotiş yoki oğir judolik köp hollarda ruhiy holatning buzilişiga olib keladi. Ammo ruhiy xastalarning yarmida kasallikning kelib çiqiş sababi noma’lum. Davolanayotganlar orasida öziga töq, oilasida muammosi yöq va hatto ilmiy iş qilayotgan olimlar ham bor, deya hikoya qiladi ruhiy asab kasalliklari şifoxonasi şifokori.

Odamlar ruhiy kasalliklar şifoxonasini birmunça qörqinçli joy sifatida tasavvur qilişadi. U yerda davolanib qaytganlar esa jamiyatdan uzib qöyiladi. Negaki, köpinça filmlar va boşqa mediakontentlarda ruhiy kasalliklarga çalingan bemorlar xavfli inson sifatida tasvirlanadi. Ammo ularning barçasini ham bunaqa deya olmaymiz. Aslida ruhiy nosoğlomlik öz vaqtida şifokorga murojaat qilinsa va tibbiy muolaja olinsa tuzalib ketişi mumkin bölgan xastalikning bir turidir: Respublika ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya yönalişi Toşkent şahar filialida şifokorlar va bemorlar bilan suhbatlaşib, bunga yana bir bor amin böldik.

“Bugun olib ketib, ertasiga taşlab ketadiganlar bor”

“Ruhiy kasalliklar şifoxonasi deyilganda, odamlarda ozgina çöçiş böladi. Bu bir umrga qandaydir tamğa, qarindoşlar orasida qandaydir kamsitiliş yoki oilani ajratib qöyiş bilan boğliq bölişi mumkin. Bizning tilimizda bu “sigma” deyiladi, ya’ni öşa şaxsga nisbatan qandaydir çegaralar qöyiladi. Aslida bu notöğri, çunki ruhiy kasalliklar har qanday oddiy kasalliklar bilan öxşaş. Bu kasallik hammada bölişi mumkin. Hozirgi kunda zamonning şiddat bilan rivojlanib ketişi va özgarişlarga moslaşiş insonga qiyinçiliklar tuğdirmoqda. Bu esa köp hollarda ruhiy xastalikka sabab böladi. Şuning oqibatida turli xil ketma-ket stresslar, har xil kasalliklar va “travma”lar oqibatida har qanday odam bu kasallikdan himoyalanmagan deb öylayman. Köp narsa fuqarolarning bilim darajasi va tuşunçalariga boğliq. Ayrim oilalar birinçi qönğiroqdayoq harakatga tuşadi. Masalan, bolalarni oladigan bölsak, öqituvçisi bilan gaplaşadi, maktab psixologi va atrofdagilarning özgarişini sezib, hamma birdek harakat qilsa, oldini oliş mumkin. Ayrim oilalarda esa yuqorida aytib ötilganidek, orqaga suriş, yaxşi böladi deb ötkazib yuboriş holatlari köp böladi”, - deydi Respublika ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya yönalişi böyiça Toşkent şahar filiali bölim boşliği Osiyoxon Qosimova.

Psixiatrning aytişiça, davolaş muddati holatiga qarab örtaça bir yarim oy davom etadi. Barça xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi. Çunki ruhiy kasalliklar boşqalariga qaraganda noodatiy xatti-harakatlari, turli xil gap-sözlari, hattoki hujum qiliş holatlari bilan farq qiladi. Ular nafaqat atrofdagilarga, balki özlariga ham taşlanib qoladi.