2024 yilda rossiyaliklarning Osiyo davlatlariga viza oliş borasidagi sörovlari undan oldingi yilga nisbatan bir neça baravarga oşdi. Bu haqda biznes turizm operatorlarining hisob-kitoblariga tayanib, «Kommersant» xabar berdi.
Qayd etilişiça, Yaponiyada rossiyaliklarga viza 2,7 baravar köproq rasmiylaştirilgan. Şuningdek, Xitoy vizasini oliş uçun ham murojaatlar soni ortgan. Turli ma’lumotlarga köra, Xitoy vizasini sörab murojaat qilgan rossiyaliklar soni 1,4-2 baravarga oşgan.
Trivio sayyohlik xizmati ijroçi direktori Tatyana Lenşina ötgan yili Yaponiya viza uçun ariza beriş tartibini soddalaştirganini ma’lum qildi: endi mehmonxona band qilinib, unga pul tölangan bölişi majburiy emas. Uning sözlariga köra, Xitoy vizasini rasmiylaştiriş ham tez va qiyinçiliklarsiz amalga oşmoqda.
MTC Travel’ning qayd etişiça, Vetnam, Mavrikiy va Marokaşga ham viza rasmiylaştirişlar soni oşgan. «Aeroklub» operatori esa Saudiya Arabistoni, Hindiston va Afrika davlatlariga safarlar uçun sörov ikki baravardan ortiqqa köpayganini ta’kidlagan.
Şu bilan birga, turoperatorlarning ta’kidlaşiça, Şengen va AQŞ vizalari uçun talab kamaygan. Continent Express operatori ma’lumotlariga köra, Şengen vizasi uçun talab 20 foizga oşgan, «Aeroklub» operatori esa aksinça 8 foizga kamayganini ma’lum qildi.

















